Kogorta usuli
Kogorta usuli bir avlod umri davomida biror-bir jarayonni o‘rganishda qo‘llaniladi. U real avlod usuli yoki bo‘ylama tahlil usuli deb ham ataladi. Unda demografik jarayonlar, masalan, tug‘ilish va o‘lim darajasi, nikoh va ajralishlar bir vaqtda ma’lum demografik holatga kirgan insonlar jamlanmasida tahlil qilinadi. Ushbu usulning vazifasi aholining mazkur kogorta uchun tashkil topishi va biror-bir demografik jarayon boshlanishiga bog‘liq bo‘lgan vaqt oralig‘idagi demografik jarayonlar xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.