Jinslarning birlamchi nisbati
Jinslarning birlamchi nisbati – urug‘lantirishdagi erkak gamet (homila) sonining ayollar homilasi soniga nisbatidir. Avvallari ushbu nisbat taxminan 100 ayol homilalariga nisbatan 125-130 erkak homilalari to‘g‘ri keladi, deb hisoblangan. Jinslarning birlamchi nisbati bevosita hisoblab chiqila olmaydi. Odatda, jinslarning birlamchi nisbatini tirik tug‘il-ganlar orasidagi jinsiy farqlar, ona qornidagi kech o‘lim holati va ichki sabablar tufayli abortlar haqidagi ma’lumotlarni hisob-lashga asoslangan bilvosita usuldan foydalanish qabul qilingan. Ushbu usuldan foydalanishga asoslangan maksimal baholashdagi jinslarning birlamchi nisbati 170 ta erkak homilasiga 100 ta ayol homilasi to‘g‘ri kelishi aniqlangan, lekin odatda, bu ko‘rsatkich kamroq bo‘ladi. Xususan, zamonaviy, qat’iy uslubiy ma’lumotlar ushbu ko‘rsatkich 115 ga teng kelishini ko‘rsatmoqda. Biroq ushbu barcha baholashlar asosan mavhumiy tavsifga ega bo‘lib, bu tushib qolish ehtimoli katta bo‘lgan urug‘lantirishning birinchi haftalari o‘lim xavfidagi jinslar farqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yetarli bo‘lmaganligi bilan izohlanadi.