Harbiy demografiya
Harbiy demografiya – bu harbiy xizmat va harbiy iqtisodiyotdagi demografik omilning son va sifat xususiyatlarini o‘rganuvchi fan. Shuningdek, harbiy demografiyada urushda ishtirok etgan davlatlarning mobillashgan imkoniyatlari, ya’ni zahiralarning mobillashuvini, ularning qurolli kuchlar, iqtisodiyot, urushdagi aholining yo‘qotilishi, askarlarning migratsiyasiga, askarlarning aholining takror barpo bo‘lishiga ta’sirini va ularning sog‘lig‘ini o‘rganadi.
Aholi yeng avvalo erkaklar soni va sifati, ma’naviy xususiyatlarni o‘z ichiga qamrab olgan holda birinchi navbatda mamlakat qurolli kuchlarining asosiy negizi hisoblanadi. Harbiy demografiya turli hil ijtimoiy-tarixiy sharoitlarda aniq siyosiy holatni inobatga olgan holda iqtisodiyot muhtojligiga zarar qilmaydigan insonlarning (inson resurslari) umumiy soni dinamikasini o‘rganadi. Ijtimoiy-demografik nuqtai nazardan aytganda aholi tug‘ilishi, o‘lishi va migratsiyasiyadan kelib chiqib (masalan: aniq bir davrdan keyin 18 yoshdagi aholi soni qancha bo‘lishi) aholining turli yosh qatlamidagi aholi sonini prognoz qilish uchun juda ham muhim fan sohasidir. Ushbu mustaqil fan sohasi harbiy statistika, harbiy iqtisodiyot va demografiya fanlari kesishish nuqtasida shakllanadi. Harbiy demografiya hprbiy ish va harbiy iqtisodiyotda demografik omillarning son va sifat rolini o‘rganuvchi ilmiy mustaqil fan sohasi hisoblanadi. Harbiy demografiya demografiyaning umumiy metodlogik asoslari rivojlanadi, hamda harbiy fan va harbiy statistika, sog‘liqni saqlash va harbiy tibbiy statistika fanlari bilan o‘zaro bog‘liq. Harbiy demografiya uchun axborotlarning asosiy manbasiga quyidagilar kiradi:
-
urushdan oldin, urush paytida va urushdan keyingi aholi soni va tarkibi hamda harbiy xarakatlar davridagi insoniy yo‘qotishlar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar;
-
statistik ro‘yxat yoki tegishli ishlab chiqilgan materiallarga asoslangan harbiy kompaniyalar to‘g‘risidagi rasmiy hisobotlar;
-
arxiv, adabiy va aholining takror barpo bo‘lishi va migratsiyasi to‘g‘risidagi boshqa axborot manbalari.
Alohida harbiy operatsiyalar, kompaniyalar, urush davri va urush paytidagi tibbiy va maxsus statistik hisobotlar kattak ahamiyatga ega. Aholi yeng avvalo erkaklar soni va sifati, ma’naviy xususiyatlarni o‘z ichiga qamrab olgan holda birinchi navbatda mamlakat qurolli kuchlarining asosiy negizi hisoblanadi. Harbiy demografiya turli hil ijtimoiy-tarixiy sharoitlarda aniq siyosiy holatni inobatga olgan holda iqtisodiyot muhtojligiga zarar qilmaydigan insonlarning (inson resurslari) umumiy soni dinamikasini o‘rganadi. Ijtimoiy-demografik nuqtai nazardan aytganda aholi tug‘ilishi, o‘lishi va migratsiyasiyadan kelib chiqib (masalan: aniq bir davrdan keyin 18 yoshdagi aholi soni qancha bo‘lishi) aholining turli yosh qatlamidagi aholi sonini prognoz qilish uchun juda ham muhim fan sohasidir. Ushbu mustaqil fan sohasi harbiy statistika, harbiy iqtisodiyot va demografiya fanlari kesishish nuqtasida shakllanadi. Harbiy demografiya hprbiy ish va harbiy iqtisodiyotda demografik omillarning son va sifat rolini o‘rganuvchi ilmiy mustaqil fan sohasi hisoblanadi. Harbiy demografiya demografiyaning umumiy metodlogik asoslari rivojlanadi, hamda harbiy fan va harbiy statistika, sog‘liqni saqlash va harbiy tibbiy statistika fanlari bilan o‘zaro bog‘liq.