Demografik vaziyat

Demografik vaziyat – demografik jarayonlar holati, aholining umumiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilovchi jamiyat rivojlanishining ob’ektiv ijtimoiy-iqtisodiy qonuniyatlarining muayyan tarzda namoyon etilishidir. Demografik vaziyat – aholi soni va tarkibidagi o‘zgarishlar tendensiyasi va demografik jarayonlarning ma’lum bir paytdagi aholining takror barpo bo‘lishini tavsiflaydigan holat; nafaqat takror barpo bo‘lish jarayonlarining joriy holatini, jumladan, aholi salomatligi va migratsiyani, balki amalga oshirilayotgan ijtimoiy, demografik, ekologik, iqtisodiy va boshqa siyosat natijalarini ham aks ettiradi. O‘z navbatida, demografik vaziyat mamlakatning umumiy salohiyati va aholi holatiga ta’sir etadi. Demografik vaziyat bir qator ijtimoiy-demografik ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholanib, ularning orasida asosiy o‘rinni quyidagilar egallaydi: tug‘ilish ko‘rsatkichlari darajasi, o‘lim ko‘rsatkichlari darajasi, tabiiy o‘sish, shuningdek, nikoh (ajralish) ko‘rsatkichlari, demografik jarayonlarga va demografik ko‘rsatkichlar hajmiga faol ta’sir ko‘rsatadigan jins va yosh tarkibi holati va boshqalar. Bularning orasida eng muhimlari – go‘daklar o‘lim ko‘rsatkichlari, umr ko‘rish davomiyligi, mamlakatdagi umumiy ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat tavsifini aks ettiradigan boshqa ko‘rsatkichlar alohida o‘ringa ega.