Etnik demografiya
Etnik demografiya tarixiy demografiyaga tutash fan hisoblanib, aholi ko‘payishining etnik xususiyatlarini, omillarini o‘rganadi. Ma’lumki, xalqlar hayoti, turmush tarzining etnik xususiyatlari, urf-odatlari, an’analari, oilaviy munosabatlarining tuzilmasi tug‘ilish darajasiga (oiladagi bolalar soni), salomatlik holatiga va o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligiga, nikoh xususiyatlari va nikohning mustahkamligiga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazadi. Etnik demografiya – demografiyaning etnologiya va etnografiya bilan kesishish nuqtalarida paydo byuo‘lgan yosh mustaqil fan sohasi hisoblanadi. Etnik demograyafiya aholi ro‘yxatga olish ma’lumotlariga asoslanib, millat va xalq etnik kelib chiqish masalalarini o‘z ichida qamrab olgan etnoslarning takror barpo bo‘lishini o‘rganadi. Etnik demografiya mamlakatlar va hududlar aholisining etnik tarkibi xalqlarning etnik tarkibi xududiy munosabatlarini, turli etnik guruhlar ilgarigi davrlarda va hozirgi davrlarda va hozirgi hududiy yashash formalarini o‘rganadi. Har bir millatga xos bo‘lgan moddiy va ma’naviy madaniyatning harakterli xususiyatlari, etnik umumiyliklarning tashkil topishi uzoq va murakkab jarayondir. Bu xususiyatlar har bir xalqning xo‘jalik yuritish metodlari va yo‘llari, tabiiy tarixiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar ta’sirida vujudga keladi. Turli xalqlarning mehnat malakasini o‘rganish, undan foydalanish esa ishlab chiqarish uchun muhim ahamiyatga ega. Etnik demografiya xalqlarning kelib chiqishi va hozirgi zamon etnik jarayonlarini etnik asoslarini o‘rganadi va kuzatadi. Turli irq va millatlarga mansub bo‘lgan xalqlarning aralashuvidan o‘ziga xos guruhlar, aralash irqiy tiplar vujudga kelganligini ko‘rish mumkin. Aholining etnik tarkibini bilish juda ko‘p demografik jarayonlarni to‘g‘ri tushunishga yordam beradi. Masalan, O‘zbekistonda aholi takror barpo bo‘lish hamda tabiiy o‘sish asosan mahalliy millat hisobiga ro‘y bermoqda. Aholi milliy tarkibi, milliy munosabatlarning ishlab chiqarishga ta’siri etnik demografiyada muhim ahamiyatga ega.