Demografiya fanining usullari
Demografiya fani usullari umumilmiy va demografik usullari bo‘lib, ular alohida sifat va miqdor tarkiblariga, amal qilish va rivojlanish jarayonlariga ega bo‘lgan takror hosil bo‘luvchi kishilar jamlanmasining, aholi ko‘payishining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi. Demografik tadqiqot uslubiyatida tarixiylik tamoyili muhim o‘rin tutadi. Tarixiy yondashuv nafaqat demografiya fanining pred-metini, balki demografiya bilimlar tadrijiy rivojlanishini o‘rganishda ham juda muhim. Demografiya fanida tadqiqotning umumilmiy uslublari – ilmiy mavhumlik va mavhumlikdan aniqlikka ko‘tarilish, qiyoslash, tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, gipotezalarni ilgari surish va ularni tekshirish, ekstropolyatsiya va modellashtirish keng qo‘lla-niladi. Demografiya fanining xususiy usullari demografik tadqiqot predmetiga, jumladan, aholining jins-yosh va nikoh tarkibi hamda yosh va jins xususiyatlariga bog‘liq demografik jarayonlarga mos keladi. Xususiy usullarga kogorta, ko‘ndalang tahlil, real va shartli avlod, demografik koeffitsientlarni