Demografik vaziyatni monitoring qilish tizimining asosiy funksiyalari

Demografik vaziyatni monitoring qilish tizimining asosiy funksiyalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– tizimning demografik vaziyatni baholash maqsadida uning holatini muntazam tekshirish;
– demografik rivojlanishdagi chaqiriqlar va tahdidlar ro‘yxatini aniqlash;
– ko‘rsatkichlar tizimi va ularning chegaraviy qiymatlarini shakllantirish va yangilab borish;
– demografik indikatorlar dinamikasi va ularning o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilish;
– tizimning demografik jarayonlarni boshqarishni maqbullashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Monitoring demografik vaziyatni quyidagi jihatlar bo‘yicha aks ettiradi:
– aholi soni va tarkibi: aholi soni va uning dinamikasi; aholining jins va yosh tarkibi;
– tug‘ilish: tug‘ilish darajasi va reproduktiv mayl;
– o‘lim soni va hayot davomiyligi: umumiy, chaqaloqlar, onalar va mehnatga layoqatli yoshdagi aholi o‘limi; tug‘ilganda kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi;
– aholining tabiiy o‘sishi va takror barpo bo‘lishi: aholining tabiiy o‘sishi; aholining takror barpo bo‘lishi;
– migratsiya: migratsiya oqimlarining hajmi va tarkibi; migratsion xatti-harakat.