Demografik siyosat

Demografik siyosat hozirgi davr hamda uzoq muddatli istiqbol uchun aholining takror barpo bo‘lishi va dinamikasi sohasida muayyan bir sifat va miqdorga erishishni nazarda tutuvchi birlashgan vositalar va fikrlar birligining davlat miqyosida qabul qilingan tizimdir. Demografik siyosat davlat organlari va ijtimoiy institutlarning aholini takror hosil jarayonlarini tartibga solish sohasidagi aniq maqsadni ko‘zlagan faoliyatidir. Uning tarkibi siyosiy faoliyat boshqa sohalarida bo‘lgani kabi ikki muhim va o‘zaro bog‘liq tarkibiy qismlardan: demografik maqsadlarni belgilash hamda ularni amalga oshirishdan iborat. Demografik siyosatning maqsadi va vazifalari, qoida bo‘yicha, qonunlar, hukumat qarorlari, siyosiy va strategik dasturlar, joriy rejalarda o‘z ifodasini topadi. Demografik siyosatning ob’ekti – umuman mamlakat yoki uning mintaqalari aholisi, oilalar, uy xo‘jaliklaridir. Demografik siyosatning asosiy yo‘nalishlari, odatda, quyida-gilarni qamrab oladi: oila, ona va bolalarga davlat tomonidan yordam ko‘rsatish; ayollarning oilaviy vazifalarni bajarishlarini ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotda faol ishtirok etishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish; aholining kasallanishi va o‘lim darajasini kamaytirish, umr ko‘rish davomiyligini uzaytirish uchun zarur choralarni ko‘rish; aholining turmush darajasi va turmush sifatini oshirish; aholining joylashishi, urbanizatsiya jarayonlarini takomil-lashtirish; migratsiya jarayonlarini tartibga solish.