Demografik prognoz

Demografik prognoz – bu aholi harakatining asosiy parametrlarini va istiqboldagi demografik vaziyatni, aholining son va sifat tavsiflarini, yosh-jins va oilaviy tarkibini, tug‘ilish, o‘lim, migratsiya jarayonlarini ilmiy asoslangan holda oldindan ko‘ra bilishdir. Demografik prognoz aholi harakatining asosiy ko‘rsatkichlarini va istiqboldagi demografik vaziyatni: aholining son va sifat tavsiflarini, yosh-jins va oilaviy tarkibini, tug‘ilish, o‘lim, nikoh, ajralish, migratsiya jarayonlarini ilmiy asoslangan holda oldindan ko‘ra bilishdir. Demografik prognozning zarurati ijtimoiy va iqti-sodiy jarayonlarni prognoz qilish vazifalari bilan uzviy bog‘liqdir.

Dastavvalgi demografik prognozsiz mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish, turarjoy qurilishi, ijtimoiy infratuzilmani, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limini, pensiya tizimini rivojlantirish istiqbollarini, geosiyosiy vazifalarni hal etishni tasavvur etib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham aholi soni va tarkibining, alohida demografik jarayonlarning dinamikasi xalqaro, davlat va nohukumat tashkilotlari, ilmiy muassasalar umumiy faoliyatining muhim qismi hisoblanadi.

Demografik prognoz tug‘ilish va o‘limning kelajakdagi dinamikasiga doir ayrim gipotezalar asosida amalga oshiriladi. Bugungi kunda demografik prognozlashtirishning ikkita asosiy yo‘nalishi mavjud:

  • global prognozlar dunyo miqyosidagi demografik rivojlanish bashoratlaridir. Prognozlashtirishning mazkur yo‘nalishida aholi takror hosil bo‘linishining ko‘plab omil va ko‘rsatkichlari hisobga olinadi;
  • mintaqaviy prognozlar – ular bevosita davlatlarning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish rejalari bilan bog‘liq. Masalan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish rejalashtiilayotganda aholi takror hosil bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlari, demografik jarayonlarning tavsiflari hisobga olinadi. Shuningdek, mintaqaviy prognozlar hudud aholisi soni va tarkibining istiqboldagi dinamikasi haqidagi ma’lumotlarni beradi. Ulardan ta’lim, sog‘liqni saqlash, uy-joy siyosati, madaniyat, sport, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish, aholini iste’mol tovarlari bilan ta’minlash va ularni ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish hamda boshqa sohalarning istiqbol pognozlarini ishlab chiqishda foydalaniladi.