Demografik koeffitsientlarni standartlashtirish usuli
Demografik koeffitsientlarni standartlashtirish usuli – demografik koeffitsientlarning biror-bir demografik jarayonga ta’sirini qiyoslash, uning holati haqida tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Shuning uchun umumiy koeffitsientlar standartlashtir-gandan so‘nggina qiyoslanadi. Bunda jarayonning jadalligi va qiyos-lanayotgan demografik jamlanma standart, deb hisobga olinadi, qolganlari uchun esa har birining standartiga nisbatan o‘ziga xos indeksi hisoblab chiqiladi. Ushbu indeksni standart ko‘rsatkichlariga ko‘paytirish orqali qiyoslanayotgan demografik jamlanmalar uchun standartlashtirilgan demografik koeffitsientlar hisoblab chiqiladi.