Demografik jarayonlarning joriy hisobi

Demografik jarayonlarning joriy hisobi – har oyda ichki ishlar, adliya organlari va sog‘liqni saqlash muassasalaridan statistika organlariga kelib tushadigan aholi to‘g‘risidagi birlamchi ma’lumotlar asosida, tug‘ilganlar, o‘lganlar, ko‘chib kelganlar, ko‘chib ketganlar, ro‘yxatga olingan nikohlar va nikohdan ajralishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini yuritish. Aholi soni va tarkibini tavsiflovchi ma’lumotlarni shakllantirish maqsadida, statistika organlari tomonidan boshqa davlat organlaridan (ichki ishlar, adliya, sog‘liqni saqlash) olingan aholi to‘g‘risidagi birlamchi ma’lumotlar qayta ishlanadi. Demografik ma’lumotlarni qayta ishlash va demografik ko‘rsatkichlarni shakllantirishda quyidagi statistik tasniflagichlardan foydalaniladi: a) O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy ob’ektlarni belgilash tasniflagichi; b) Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Xalqaro Kasalliklar Tasniflagichi; v) “Jahon mamlakatlari” statistik tasniflagichi.