Demografik jadval

Demografik jadval deganda kogorta yoki avlodda bitta yoki bir nechta demografik jarayonlar o‘tishini tavsiflaydigan o‘zaro bog‘liq sonlar qatorini ifodalaydigan matematik-statistik model tushuniladi. Bu model kogorta yoki avlod vaqtiga qarab (yoshi, nikohning davom etish muddati va h.k.) mos keluvchi demografik jarayon qizg‘inligining o‘zgarishini, shuningdek, mos keluvchi jarayon (jarayonlar) ta’siri ostida kogorta sonining o‘zgarishini aks ettiradi. Demografik jadvallar tarixi, xuddi demo­grafiyaning o‘z tarixi kabi, Dj.Grauntga, uning 1662 yil chop etilgan ilk o‘lim ko‘rsatkichlari yoki qolgan umr (life table) ko‘rsatkichlariga borib taqaladi. Bu jadval quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lgan. XVIII asrda ilk nikoh ko‘rsatkichlari jadvallari, yana bir asrdan keyin esa – ilk tug‘ilish ko‘rsatkichlari jadvallari tuzilgan. Demografik jadvallar ham real, ham shartli kogorta (avlod) uchun tuziladi, ya’ni ular ham ko‘ndalan, ham bo‘ylama tahlilda foydalaniladi. Jadval mohiyatan ehtimoliy bo‘lgan o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar to‘plamidan iborat. Bunda bir xil turdagi ko‘rsatkichlar barcha qatorlari butun jadval uchun umumiy bo‘lgan shkala bo‘yicha tuzilgan.

Jadval shkalasi bu – kogorta vujudga kelgan paytdan boshlab o‘tgan vaqt (yoshi, u yoki bu demografik holatda bo‘lib turish vaqti uzunligi). Demografik jadvalda vaqt birligi bo‘lib, qoidaga ko‘ra, bir yil xizmat qiladi, ammo ayrim holatlarda uzunroq yoki qisqaroq vaqt oraliqlari qo‘llanadi. Aytaylik, hayotning birinchi yilidagi o‘lim holalari bo‘yicha ayrim maxsus tadqiqotlarda vaqt birligi sifatida oy, hafta yoki hatto kun ham olinishi mumkin. Barcha demografik jadvallar to‘liq (oraliq bir yil) va qisqa (5 yoki 10 yillik qadam bilan) turlarga bo‘linadi. Jadval shkalasi yoning birinchi (chapdagi) ustuniga joylashtiriladi. Jadvalning barcha ko‘rsatkichlari jadval o‘zagi deb ataladigan va odatda u yoki bu darajani (10:105, 106, 107.) tashkil qiladigan tanlab olingan miqyosga nisbatan hisoblab chiqiladi. Jadval o‘zagi bu – kogortaning shartli boshlang‘ich soni bo‘lib, o‘rganilayotgan demografik jarayon ta’siri ostida o‘zgarib turadi. Bu shartli boshlang‘ich son jadval ikkinchi ustunining birinchi satriga kiritiladi. Ushbu ustunning qolgan satrlaridan jadval shakalasi u yoki bu aniq qiymatiga erishish vaqtiga kelib kogortaning shartli soni o‘rin oladi. Mohiyatan bu sonlar ushbu aniq vaqt mahaliga kelib, kogorta tarkibida qolish ehtimoli hisoblanadi. Ma’lumki, barcha demografik voqea-hodisalar takrorlanadigan va takrorlanmaydigan turlarga bo‘linadi. Masalan, turmush qurish bu – takrorlanadigan hodisa, umuman olganda inson bir necha marta turmush qurishi mumkin. Biroq birinchi turmush qurish bu – xuddi o‘lim ko‘rsatkichlari, birinchi farzand tug‘ilishi va h.k. kabi, takrorlanmaydigan hodisa hisoblanadi. O‘rganilayotgan demografik jarayonlar takrorlanishi yoki takrorlanmasligiga qarab, barcha demografik jarayonlar umumiy va maxsus turlarga ajratiladi. Umumiy demografik jadval bu – takrorlanadigan hodisa (turmush qurish, bola tug‘ilishi, ajralish) uchun jadval. Maxsus demografik jadval bu – takrorlanmaydigan hodisa (o‘lim, birinchi turmush qurish, birinchi bola tug‘ilishi, birinchi ajralish) uchun jadval.