Demografik dividendni baholash
Demografik dividendni baholash mikro va makro darajadagi har qaysi tadqiqotlar uchun ham ancha mushkuldir. Tadqiqot oldida turgan muhim masalalardan biri demografik dividendni qanday hisoblash va uning natijasini qanday baholash bo‘yicha uslubiy yondoshuvni aniqlashdan iborat. Xorijlik iqtisodchi olimlar Blum va Uilyamsonlar olib borgan ilk tadqiqotlarida demografik dividendni aholi yosh tarkibining iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sirini o‘lchash orqali hisoblashgan. Xususan, mehnatga layoqatsiz yoshdagi ishlamayotgan aholi ulushi mehnat yoshidagi ishlayotgan aholi ulushiga nisbatan qisqarganda, aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi daromad miqdori ortadi. Bu esa YaIMni aholi jon boshiga to‘g‘ri kelishini quyidagicha ifodalash orqali namoyon bo‘lishi mumkin:
Bu yerda, Yt – YaIM, Nt – umumiy aholi soni, Wt – mehnat yoshiga yetgan ishlayotgan aholi soni, Yot / Wt – yoshlar (0-14 yosh oralig‘ida), Kt / Wt – keksalar (60 yosh va undan oshganlar). Demografik yuksalish davrida, mehnat yoshidagi aholi soni umumiy aholi sonidan ko‘ra tezroq o‘sganda, demografik bosimning pastligi aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YaIMni ortishiga sabab bo‘ladi.