Demografik balans
Demografik balans- Aholini takror hosil qilish aholining tabiiy va mexanik harakati natijasi ekanligini hisobga olgan va balans usulidan foydalangan holda demografik balans tuzish mumkin.
Har qanday hududdagi aholi sonining muayyan vaqt (0,t) oralig‘idagi o‘zgarishi demografik balans tenglamasi yoki demografik tenglama orqali aniqlanadi:
P(t)=P(0)+{B(0,t)-D(0,t)}+{I(0,t)}-E(0,t)},
bu yerda: P(0) va P(t) – aholi sonining o‘rganilayotgan davr boshi va oxiridagi soni;
B(0,t) – (0,t) davrda tug‘ilganlar soni;
D(0,t) – (0,t) davrda o‘lganlar soni;
I(0,t) – (0,t) davrda ko‘chib kelganlar (immigrantlar) soni;
E(0,t) – (0,t) davrda ko‘chib kelganlar (emigrantlar) soni.
Demografik balans tenglamasini quyidagicha ifodalash mumkin:
ΔP=ΔR+ΔM,
bu yerda: ΔP= P(t)-P(o) – aholi umumiy sonining ko‘payishi;
ΔR=B(0,t) – D(0,t) – aholining tabiiy o‘sishi;
ΔM=I(0,t)-E(0,t) – migratsiya o‘sishi.