Bolalik koeffitsienti

Bolalik koeffitsienti deganda 0-4 yoshdagi bolalar sonining reproduktiv yoshdagi (15-49 yosh) ayollar soniga nisbati tushuniladi. Ba’zan mazkur koeffitsient (indeks)ni hisoblab chiqishda 0-9 yoshdagi bolalar soni va 20-49 yoshdagi ayollar soni ishlatiladi. Bolalik koeffitsienti yuqorida qayd qilingan tug‘ilish darajasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tizimiga kirmasa ham tug‘ilganlar soni ma’lum bo‘lmasa yoki noaniq bo‘lsa qo‘llanilishi mumkin. U quyidagi formula asosida hisoblab chiqiladi:

bu yerda: C/WR – bolalik koeffitsienti;

Ch0-4 – 0-4 yoshdagi bolalar soni;

W15-49 – 15-49 yoshdagi ayollar soni.

Bolalik koeffitsientidan, ayniqsa aholining tabiiy harakatini hisobga olish yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan, lekin aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlari ishonarli bo‘lgan mamlakatlarda tug‘ilish darajasini birlamchi baholashda va prognoz qilishda qo‘llash mumkin. Bolalik koeffitsientidan, shuningdek, turli mamlakatlardagi tug‘ilishni dastavval taqqoslash uchun foydalanish mumkin: mazkur koeffitsient tug‘ilish darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda katta, tug‘ilish darajasi past bo‘lgan mamlakatlarda kichik bo‘ladi. Ammo mazkur koeffitsientning kamchiligi go‘daklar va bolalar o‘limi tebranishi hamda aholi tarkibidagi bolalar to‘liq hisobga olinmasligiga nihoyatda ta’sirchanligidir. Mazkur ko‘rsatkichlardan foydalanilganda va statistika ma’lumotlari ishonarli bo‘lmasa, ushbu koeffitsient noto‘g‘ri xulosalar chiqarilishiga olib keladi.