Bepushtlik

Bepushtlik – pushtlilikning aksini, erkak va ayollarning yangi avlodni dunyoga keltirishga qodir emasligini anglatadi. Odatda, agar uch yil davomida nikoh ittifoqida kontrasepsiya qo‘llanmagan va sun’iy abort amalga oshirilmagan taqdirda tirik bola tug‘ilmasa yoki homiladorlik o‘z-o‘zidan abort bilan yoki o‘lik bola tug‘ilishi bilan tugasa, bunday nikoh bepusht nikoh, deb hisoblanadi. Hozirgi davrda iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlarda nikoh juftliklarining taxminan 10,0-15,0 % mutlaq bepushtdir, ya’ni farzand ko‘rishga mutlaqo imkoniyati yo‘q.