Amaliy demografiya

Amaliy demografiya – “Amaliy demografiya” atamasi ilmiy adabiyotlarida XX asrning 60-yillarida paydo bo‘lgan, fanning asosiy maqsadi aholining ko‘payish qonuniyatlarini o‘rganishning amaliy asoslarini ko‘rsatib berishdan iborat. Fan demografik jarayonlar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshiradi va bu istemol tovarlarini ishlab chiqarish, uy-joylarni qurish va rejalashtirish, kommunal xo‘jaligi, xizmatlar, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot sohalarida  qo‘llaniladi.