Aholining ijtimoiy tarkibi
Aholining ijtimoiy tarkibi – odamlarning ijtimoiy guruhlarga taqsimlanishidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida aholining ijtimoiy guruhlari asosan jamiyatning iqtisodiy tizimdagi mavqei va bilimi darajasi bo‘yicha ajratiladi. Shu mezonlar asosida aholini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
- yuqori martabali davlat xizmatchilari, ma’murlar;
- ziyolilar (ularni ixtisosliklari bo‘yicha iqtisodchilar, muhan-dislar, o‘qituvchilar, shifokorlar va h.k.larga bo‘lish mumkin);
- tadbirkorlar, shu jumladan shaxsiy mehnat faoliyati bilan mashg‘ullar;
- ishchilar (ular malakali va malakasiz ishchilarga bo‘linadi);
- qishloq xo‘jaligi xodimlari, shu jumladan fermerlar;
- ijtimoiy yordamga muhtoj shaxslar.