Aholini ro‘yxatga olish tamoyillari
Aholini ro‘yxatga olish tamoyillari quyidagilardan iborat:
- Markazlashtirish. Aholini ro‘yxatga olishni boshqarishning qat’iy markazlashtirilishi ushbu tadbirni muvaffaqiyatli o‘tkazish-ning asosiy shartlaridan biridir.
- Aholini ro‘yxatga olishning muntazamligi. BMT tavsiyalariga ko‘ra, aholini ro‘yxatga olishni 10 yilda kamida bir marta o‘tkazish tavsiya etiladi.
- Aholini ro‘yxatga olishni bu tadbir uchun maxsus tayyor-langan mutaxassislar – hisobchilar tomonidan o‘tkazish. Ammo bu tadbirni amalga oshirish uchun hisobchilarning behisob soni talab qilinadi. Shuning uchun aholini ro‘yxatga olishga maxsus mutaxas-silardan tashqari ziyolilar, talaba yoshlar ham jalb etiladi.
- Aholini ro‘yxatga olishni aniq bir muddatda o‘tkazish. Bu tadbirni amalga oshirishga odatda 7–10 kun talab etiladi. Aholini ro‘yxatga olish bir necha kun davomida o‘tkazilsa ham u to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniq bir vaqtda – ko‘pincha aholini ro‘yxatga olishning birinchi kuni 0 soatdagi holat bo‘yicha qayd etiladi. Bu aholini ro‘yxatga olishning nozik vaqti, deb ham ataladi. Masalan, kimdir aholini ro‘yxatga olish vaqtida, ammo ana shu aniq muddatdan keyin tug‘ilgan bo‘lsa, u ro‘yxatga kiritilmaydi. Lekin kimdir bu aniq nozik muddatda hayot bo‘lib, shundan keyin aholini ro‘yxatga olish davom etganda vafot etsa, u ro‘yxatga kiritiladi.
- Aholini ro‘yxatga olishning belgilab qo‘yilgan aniq dasturining mavjudligi va tadbirni unga qat’iy rioya qilgan holda o‘tkazish. Aholini ro‘yxatga olish dasturi – ro‘yxatga olishda muayyan talablar hisobga olingan holda aholiga murojaat qilinadigan savollar ro‘yxati, ma’lumotlarni qayd etish va to‘plash, ma’lumotlar bilan ishlash, yakunlarni e’lon qilish tartiblaridir.
- Aholini to‘la qamrab olish. Aholini ro‘yxatga olishda kimdir unutib qoldirilishi yoki ikki marta ro‘yxatga olinishi hollari uchraydigan bo‘lsa ham mavjud aholining ro‘yxatdan o‘rin olishi asosiy vazifa hisoblanadi.
- Ma’lumotlarning mahfiyligi va shaxsiylashtirilishi. Aholini ro‘yxatga olishda alohida har bir shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘planadi. Shu bilan birga respondentlardan olingan ma’lumotlarning nomsizligi kafolatlanadi. Aholini ro‘yxatga olish varaqasidan faqat natijalarni umumlashtirish uchun foyda-laniladi.
- Ixtiyoriylik. Shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar so‘ralayotgan (respondent)ning javoblari (kichik yoshdagilar uchun – ota-onalari yoki ular o‘rnini bosadiganlarning) asosida qayd qilinadi va buni hujjat bilan tasdiqlash talab etilmaydi.