Aholi umr ko‘rish davomiyligi
Aholi umr ko‘rish davomiyligi – bu jahon mamlakatlarida kutilayotgan o‘rtacha umr ko‘rish ko‘rsatkichi bo‘lib, u yoki bu davlatning ijtimoiy-demografik rivojlanishining eng muhim mezonlaridan biridir. Mazkur ma’lumotlar milliy institutlar va xalqaro tashkilotlardan olinib, Birlashgan Millatlar tashkiloti Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departamentining Aholishunoslik bo‘limida jamlanadi va qayta ishlanadi. Kutilayotgan o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi erkaklar va ayollarga alohida-alohida hisoblab chiqilishi mumkin.
“Kutilayotgan o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi” ayrim tug‘ilganlar jamlanmasi uchun ular vafot etgunlaricha necha yil yashaganliklarini anglatadi. Insonning umr ko‘rish davomiyligi – uning o‘limi yoshi ekkanligi nazarda tutilsa, ayrim avlodning o‘rtacha umr ko‘rishi davo-miyligini bu avlodning barcha a’zolari vafot etganidan keyingina, ya’ni tug‘ilganlaridan so‘ng ancha yillar o‘tgandan so‘nggina o‘lchash mumkin. Bundan hozir hayot bo‘lgan avlodga tadqiqotlar uchun bunday ko‘rsatkichning ahamiyati u qadar qimmatli emasligi ravshan. Shuning uchun ilmiy amaliyotda va statistika materiallarida boshqacha, ancha murakkabroq o‘lchovdan foydalaniladi. Kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi – aslida biror avlod vaki-lining ushbu avlod hayoti davomida o‘lim ko‘rsatkichi mazkur ko‘rsatkich hisoblab chiqilayotgan davrda o‘zgarmasdan turish sharti bilan uning qancha umr ko‘rishi mumkin bo‘lgan yillar jamlanmasidir. Biroq hayotiy voqelikda umr ko‘rish shart-sharoitlari o‘zgarib turadi va alohida olingan aholi guruhi bu o‘zgargan shart-sharoitlarga bog‘liq ravishda bundan ko‘proq yoki kamroq umr ko‘radi. Shunga qaramasdan o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi hozirgi va yaqin o‘tmish voqeligini zarur darajada aniq aks ettiradi.