Aholi tarkibi

Aholi tarkibi – aholining muayyan bir alomatlarga ko‘ra taqsimlanishi yoki sotsiologiya nuqtai nazaridan qaysidir o‘zgaruv-chanlarning taqsimotidir. Tarkibni shakllantirish uchun asos sifatida tadqiqotchida qiziqish uyg‘otish mumkin bo‘lgan har qanday tavsifdan foydalanish mumkin. Turli fan vakillari (demograflar, iqtisodchilar, sotsiologlar va h.k.lar) aholi tarkibini ko‘pincha quyidagi o‘zgaruvchilar toifasiga asoslanib belgilaydi:

  • aksripitiv (qo‘shimcha qilingan) tavsiflar (tug‘ilganda hisobga olinuvchi): jins, yosh, irqiy mansublik, etnik mansublik va ba’zi boshqalar;
  • ijtimoiy tavsiflar: nikoh maqomi (nikoh holati), savod-xonlik va ta’lim, maktabda o‘qitilishi (bolalar va o‘smirlar uchun), qaysi mamlakatda tug‘ilgani, ona tili, fuqarolik holati, diniy mansublik va h.k.lar;
  • iqtisodiy tavsiflar: daromad manbai, ish bilan bandlik maqomi, kasbi, tarmoq va h.k.lar;
  • migratsiya tavsiflari: tug‘ilgan joyi, mazkur aholi manzil-gohida qachondan buyon yashayotganligi, u yoki bu vaqt oralig‘ida yashash joyini necha marta o‘zgartirganligi va h.k.lar;
  • vital (demografik) tavsiflar: nikoh tuzishdagi yoshi, nikohning tartib raqami, tug‘ilgan farzandlari soni, bola tug‘il-gandagi yoshi, homiladorliklar soni, genetik oraliqlar, tug‘ilishlar soni, o‘lim soni, o‘lik tug‘ilganlar soni va boshqalar;
  • oila (uy xo‘jaligi) tavsiflari: uy xo‘jaligi turi, kattaligi, tarkibi va boshqalar.