Aholi takror barpo bo‘lishining brutto-koeffitsienti

Aholi takror barpo bo‘lishining brutto-koeffitsienti har bir ayolning reproduktiv davrida nechta qiz bola ko‘rishi va har yosh guruhida uni tug‘ilishning hozirgi davr darajasida saqlab qolishi mumkinligini aniqlab beradi hamda quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

bu yerda: R – aholi takror hosil qilinishining brutto-koeffisienti;

 – tug‘ilganlar orasidagi qizlarning ulushi (u 0,488 deb qabul qilingan va ayollarning barcha yosh guruhlari uchun bir xil bo‘ladi);

– 15-49 yosh guruhidagi tug‘ilish koeffitsientining yig‘indisi;

 – yosh guruhlari bo‘yicha tug‘ilish koeffitsienti.

Ushbu ko‘rsatkichning afzalliklari quyidagilardan iborat:

birinchidan, uning kattaligiga aholining yosh tarkibi ta’sir ko‘rsatmaydi;

ikkinchidan, u fertil yoshdagi ayollarning yosh tarkibini hisobga oladi. Aholi takror hosil bo‘lishini brutto-koeffitsientining kam-chiligi fertil yoshdagi ayollarning o‘limini hisobga olmasligi hisob-lanadi. Aholi takror hosil bo‘lishining brutto-koeffitsientida ayol reproduktiv yoshining oxirigacha tirik bo‘lishi nazarda tutilgani sababli hozirgi vaqtda u amalda qo‘llanilmaydi va koeffitsient ko‘r-satkichlari e’lon qilinmaydi. Mazkur kamchilik aholi takror hosil qilinishining netto koeffitsienti tomonidan bartaraf etiladi.