Aholi ro‘yxati
Aholi ro‘yxati – aholi haqidagi muhim axborot manbalaridan biri bo‘lib, aholi soni va uning harakati haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish jarayonidir. BMT ta’rifiga ko‘ra, aholi ro‘yxati – bu ma’lum vaqtda mamlakatda yoki uning cheklangan bir qismida yashovchi jami aholi haqidagi demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, tahlil qilish va nashr etish jarayonidir.