Aholi joylashishi

Aholi joylashishi – odamlarning shaharlar va qishloqlarda joylashishidir. Tarixdan aholi joylashishining ikki turi farqlangan: ko‘chmanchi aholi; o‘troq aholi. Hozirgi davrda ko‘chmanchi xalq juda kam (Afrika qit’asi, shuningdek, Osiyoda) uchraydi. O‘troq aholi esa shahar va qishloq aholisiga bo‘linadi. Demograflarning hisoblashicha, aholining joylashishi ko‘chmanchi aholi – qishloq – kichik shahar – katta shahar – aglomerat – megapolis tarzida rivojlanib borgan.