Tug‘ilishning maxsus koeffitsienti

Tug‘ilishning maxsus koeffitsienti bevosita farzandni dunyoga keltiradigan reproduktiv yoshdagi (15–49 yosh, ayrim mamlakatlarda 15–44 yosh) ayollarga nisbatan qo‘llanadi. Bunda ushbu koeffitsient yil davomidagi tug‘ilish umumiy sonining reproduktiv yoshdagi ayollar yillik o‘rtacha soniga teng:

CBR = (B : F) x 1000 %,

bunda: CBR – tug‘ilishning maxsus koeffitsienti;

V – bir yilda tug‘ilishning mutlaq soni;

F – reproduktiv yoshdagi ayollarning yillik o‘rtacha soni.

Agar reproduktiv yoshdagilar doirasida eng ko‘p bola tug‘adigan ayollar (30 yoshgacha) ko‘proq bo‘lsa, tug‘ilishning maxsus koeffitsienti yuqori, aksincha, aholi tarkibida reproduktiv salohiyati tugab bora-digan yoki tugagan avlodlar ko‘p bo‘lsa, u holda tug‘ilishning maxsus koeffitsienti past bo‘ladi.