Tug‘ilish
Tug‘ilish bir avlod yoki avlodlar guruhini tashkil etuvchi muayyan aholi majmuidagi farzandlarning dunyoga kelish jarayoni tushuniladi. Hozirgi o‘lim darajasi past bo‘lgan sharoitlarda tug‘ilish jarayoni aholi takror barpo bo‘lishidagi yetakchi omil sanalib, uning tartibi (toraytirilgan, oddiy, kengaytirilgan) va yosh-jinsiy tarkib evolyusiyasining umumiy yo‘nalishini belgilaydi.