Onalar o‘limi
Onalar o‘limi – homiladorlik, tug‘ish va tug‘ishdan keyingi davrdagi asoratlar va abortlar oqibatida sodir bo‘lgan ayollar o‘limi hodisasi. Onalar o‘limiga, o‘lim sodir bo‘lgan joyidan (tug‘ruqxonada, ichki kasalliklar, jarrohlik, onkologiya, yuqumli kasalliklar shifoxonasi yoki bo‘limlarida va boshqa joylarda), o‘limning homiladorlik va tug‘ish bilan bog‘liqligidan (baxtsiz hodisalardan tashqari) hamda homiladorlik davridan qat’iy nazar, tuqqandan so‘ng 42 kun davomida yoki homiladorlik davrida vafot etgan barcha tuqqanlar, homilador ayollar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi.