Ogohlantiruvchi prognozlar

Ogohlantiruvchi prognozlar tahliliy prognozlarning turlaridan biridir. Bunday prognozlarning maqsadi – tarkib topgan demografik vaziyat va uning o‘zgarishi natijasida ehtimol tutilayotgan xavflardan ogohlantirishdir. Bunday eng mashhur prognozlardan biri T.R. Maltusning mashhur aholishunoslik qonunidir. U aholi geometrik, tirikchilik vositalari esa arifmetik sur’atda ortayotganligini, natijada aholi soni keskin ko‘payishini karomat qilib, bu qanday ayanchli oqibatlarga (qashshoqlik, epidemiyalar, tartibsizliklar, urush-lar va h.k.lar) olib kelishi mumkinligidan ogohlantirgan. Hozirgi davrda bunday ogohlantiriuvchi prognozlarga Rim klubining aholi soni ko‘payishi, shuningdek, mineral va energetika resurslaridan foydalanishning ortishi oqibatida ehtimol tutilayotgan turli dahshatli fojealarga doir farazlari misol bo‘la oladi. Ogohlantiruvchi prognozlar bo‘yicha ehtimol tutilayotgan xavflarning oldini olish uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi zarur bo‘ladi.