Ko‘ndalang tahlil usuli

Ko‘ndalang tahlil usuli, boshqacha qilib aytganda shartli avlod usulidir. Ushbu usul avlodlar umri davomida demografik hodisalar takrorlanishi izchilligining to‘plami sifatida nisbatan uzoq bo‘lmagan vaqt oralig‘ida tegishli demografik holatlar davomiyligiga mos bo‘lgan oraliqda olingan demografik hodisalarning takrorlanish ko‘rsatkichlarini talqin etishga asos-langan. Bu aslida jips saf usuli bo‘lib, avlodlar umriga ko‘ndalang kechayotgan hodisalarning grafik tasvirini olish imkonini beradi. Bo‘ylama va ko‘ndalang tahlillar bir qator avlodlar takror barpo bo‘lish xususiyatlarini qiyoslash imkonini beradi, bu ayniqsa, tarixiy demografiya uchun juda muhimdir. Chunki ulardan ham ijtimoiy, ham demografik prognozlash va ijtimoiy siyosatni ishlab chiqish uchun foydalaniladi.