Kartografik usul

Kartografik usul demografik holat va jarayonlarni hududlar bo‘yicha qiyoslashda muhim hisoblanadi. Bunda xaritalardan foydalaniladi: hududiy joylashish bo‘yicha aholi zichligi, yosh-jins tarkibi, shuningdek, aholining tabiiy va mexanik; ijtimoiy-madaniy, jumladan, ijtimoiy-kasbiy, sinfiy harakati etnomadaniy tarkibi; demografik jamlanmalarning madaniy, maishiy, antropologik va lingvistik xususiyatlari; aholining joylashish xususiyatlari, jumla-dan, shahar va qishloq aholisi xususiyatlari, hududlar va aholi manzillarining har xil turlari aniqlanadi.