Geografik demografiya

Geografik demografiya demografiya va geografiya fanlari kesishish nuqtasida joylashgan bo‘lib, aholi takror barpo bo‘lishini geografik nuqtasi nazalarini o‘rganadi. Axoli deganda hududda (butun yer shari, uning ayrim qismlari, qit’alar, mamlakatlar, shaharlar, tumanlarda) yashayotgan kishilar guruhi tushuniladi. Axoli va uning xo‘jalik faoliyati hamma davrlarda geografiya fanini qiziqtirib kelgan. Chunki iqtisodiy geografiyaning asosiy vazifasi ishlab chiqarish kuchlarining hududiy joylashish qonuniyatlarini o‘rganishdir. Axoli ayni paytda ishlab chiqariladigan barcha moddiy boyliklarning asosiy iste’molchisidir ham. Iste’mol esa, butun ijtimoiy ishlab chiqarishni tugallaydigan, unga yakun yasaydigan qismidir. Taraqqiyot jarayonida axolining shaxsiy iste’moli bilan birga, axolining o‘zini takror barpo qilinadi – kishilarning avlodlari tarbiyalanadi va voyaga yetkaziladi.

Shuning uchun ham axolining geografik jihatdan o‘rganishda quyidagilarga e’tibor berish zarur.

  1. Axoli ishlab chiqarish subekti, barcha moddiy ne’matlarni ishlab chiqaruvchi.
  2. Ishlab chiqariladigan jami ijtimoiy maxsulotlarni mahlum qismini istehmolchisi.
  3. Axoli butun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, o‘zi ham takror barpo qilinishi zarur.

Geografik demografiya aholining tarkibi, dinamikasi va joylashuvidagi hududiy farqlarni, bu farqlarni vujudga keltiradigan qonuniyatlarni, axoli punktlarining hududiy tizimlarini v ularning rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi. Geografik demografiya, shuningdek, axolining yer shari bo‘yicha va ayrim mamlakatlar hamda shaxarlar va tumanlar miqyosidagi harakatini ham o‘rganadi.

Aholining hududiy joylanish formalari geografik demografiyaning muhim tushunchalaridan biridir. Axolining hududiy taqsimlanishi va joylashuviga tabiiy sharoit ham ta’sir ko‘rsatadi. Ammo sharoit bevosita, ya’ni ishlab chiqarish orqali ta’sir etadi. Geografik demografiyaning asosiy vazifalari:

Birinchidan, mamlakatimiz aholisi va chet mamlakatlar aholisi haqida, ularning soni, va usishi, hududi joylashuvi, migratsiyasi, xalqlar geografiyasi, axoli punktlarining xilma-xilligi, turli mamlakatlarda sharoitiga qarab shaharlarning rivojlanish muammolari va boshqa ma’lumotlar bilan keng ommani va shuningdek, amaliy maqsadlar uchun qiziquvchi tashkilotlarni ta’minlaydi.

Ikinchi muhim vazifa – geografik demografiyaning bevosita amaliy vazifalarini xal qilishga qaratilgan tadqiqot ishlarini kuchaytirish.

Geografik demografiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi juda keng va har tomonlamadir. Chunki axolini turli nuqtayi nazardan bevosita o‘rganadigan yoki axoliga taalluqli bo‘lgan masalalarga katta e’tibor beradigan fanlar va fan tarmoqlari juda ko‘pdir.