Funksiyaviy prognozlar

Funksiyaviy prognozlar siyosiy, iqtisodiy, ijti-moiy, davlat va xo‘jalik boshqaruvi sohalarida qarorlar qabul qilish uchun aholi to‘g‘risida zarur prognozlar olish maqsadida tuziladi. Funksiyaviy prognoz biror-bir tashkilot, korxona, ta’lim muassasalari, davlat organlarining amaliy maqsadlari va vazifalariga xizmat qiladigan prognozlardir. U turli ijtimoiy institutlar, tashkilot va muassasalar amal etishini ta’minlaydigan aholi guruhlari, oilalar, uy xo‘jaliklarining istiqboldagi soni va tarkibini aniqlashga da’vat etilgan. Funksiyaviy nuqtai nazardan yuqorida qayd etilgan ijtimoiy institutlar bilan ma’lum darajada bog‘liq barcha kishilarni ikki: ijtimoiy tarkiblarga mansub, mahsulotlar ishlab chiqaradigan, xizmatlar ko‘rsatadigan, ne’matlar yaratadiganlar hamda bu mahsulot-lar, xizmatlar va ne’matlarni iste’mol qiladigan guruhga ajratish mumkin. Bundan tegishli ravishda ikki funksiyaviy toifa: “aholi taklifi prognozlari” yoki “demografik taklif prognozlari” hamda “aholi talabi prognozlari” yoki “demografik talab prognoz-lari” kelib chiqadi. Barcha funksiyaviy prognozlar bitta mantiqiy usulda, o‘xshash hisoblash tartibiga asoslangan. Jumladan, funksiyaviy guruhlarni istiqbolli baholash quyidagichadir:

F (i,j,t) = P (i,j,t) x r (i,j,t) x u (i,j,t) x c (i,j,t),

bu yerda: F (i,j,t) – prognoz qilinayotgan i yoshidagi j jinsiga mansub t vaqtidagi funksiyaviy guruhning soni;

P (i,j,t) – i yoshidagi j jinsiga mansub t vaqtidagi yosh guruhining prognoz qilinayotgan soni;

r (i,j,t) – i yoshidagi j jinsiga mansub t vaqtidagi yosh guruhi funksiyaviy tez-tezligi;

u (i,j,t) – i yoshidagi bir funksiyaviy guruh sonining t vaqtidagi shu jinsga mansub boshqa guruh soniga nisbati;

c (i,j,t) – funksiyaviy kichik guruhning i yoshidagi j jinsiga mansub t vaqtidagi yosh guruhi umumiy sonidagi ulushi.

Masalan, maktab o‘quvchilari va talabalar sonining prognozi amalga oshirilayotgan bo‘lsa, r (i,j,t) ko‘rsatkichi ma’lum guruhda ta’lim bilan qamrab olinganlar sonini bildiradi. O‘qituvchilarga ehtiyojni aniqlash uchun u (i,t) ko‘rsatkichidan foydalaniladi. U ta’limning har bir bosqichida har bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan o‘quvchilar sonini ko‘rsatadi. Ixtisosliklar va yo‘nalishlar guruhlari bo‘yicha talabalarning sonini prognoz qilish uchun c (i,j,t) ko‘rsatkichidan foydalaniladi. U talabalarning umumiy sonida ma’lum ixtissoslik bo‘yicha ta’lim olayotganlarning ulushini ifodalaydi. Funksiyaviy prognozlashning asosiy vazifasi r(i,j,t), u(i,j,t) i c(i,j,t) ko‘rsatkichlarini istiqbolli baholashdir. Buning uchun ekono-mometrik modellardan yoki maqsadli (me’yoriy) ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.