Demografik statistika
Demografik statistika – demografiyaning eng qadimgi tarmog‘i bo‘lib, uning predmeti aholini takror barpo bo‘lishining statistik qonuniyatlari hisoblanadi. Demografik statistika fanining asosiy vazifalariga statistik kuzatuv usullarini ishlab chiqish, demografik hodisalar va jarayonlarni o‘lchash, aholining takror barpo bo‘lishi to‘g‘risidagi birlamchi statistik ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash kiradi.