Demografik inqiroz
Demografik inqiroz – aholining takror barpo bo‘lishidagi o‘zgarishlar tufayli sodir bo‘ladigan jarayon. Demografiya tarixida XIX asrning oxiriga qadar demografik inqirozga ocharchilik, epidemiya va urushlar sabab bo‘lgan. Bu omillarga tayangan holda aholining o‘limi ortgan va o‘z-o‘zidan aholi sonining kamayishiga, dunyoning ba’zi mamlakat va mintaqalarida, alohida hududlarda umuman odamlarning qirilib ketishiga olib kelgan. Bugungi kunda dunyoning rivojlangan mamlakatlarida tug‘ilish sonining keskin pasayishi aholi mutlaq sonining kamayishiga, ya’ni demografik inqirozga olib keldi.