Demografik dividenddan oladigan iqtisodiy manfaatlar

Demografik dividenddan oladigan iqtisodiy manfaatlaragar har bir mamlakat aholi yosh tarkibidagi o‘zgarishlarga oqilona siyosat bilan e’tibor qaratadigan bo‘lsa, ular quyidagi to‘rt yo‘nalishdagi iqtisodiy manfaatlardan naf ko‘radi.

  1. Ishchi kuchi taklifi: iqtisodiyotga ko‘proq ishchilarni jalb qilish hamda ularga unumli mehnat qilish imkonini beradi;  ayollar xo‘jalik tashvishlaridan holi bo‘lib, uydan tashqarida ish topish ehtimoli ko‘proq bo‘ladi.
  2. Jamg‘arma: shaxsiy jamg‘arma miqdori o‘sadi va ular iqtisodiyotni jonlashtirish uchun resurs sifatida xizmat qiladi.
  3. Inson kapitali: tug‘ilish darajasining kamayishi reproduktiv salomatlikda o‘z aksini topadi hamda oila xo‘jaligidagi iqtisodiy tashvish kamayadi; ota-onalar farzandlarining har biri uchun ularning sog‘ligi va ta’lim sifati darajasining ortishiga sabab bo‘luvchi yetarlicha investitsiya kiritish imkoniga ega bo‘ladi. Ya’ni, miqdor-sifat nazariyasi nuqtai nazaridan, har bir bolaning ta’limi va sog‘lig‘iga yo‘naltiriladigan investitsiyalar miqdorini ortadi.
  4. Iqtisodiy o‘sish: kishi boshiga to‘g‘ri keluvchi YaIM ulushi oilalardagi iqtisodiy qaramlik darajasining kamayishi hisobiga ortadi.  Misol uchun, Blum va Uilyamsonlardan iborat xorijlik iqtisodiy olimlar jamoasi tadqiqotlariga ko‘ra, “Osiyo yo‘lbarslari” sanalgan Sharqiy Osiyo davlatlarining YaIMning kishi boshiga to‘g‘ri keladigan ulushining uchdan bir qismi mehnatda band bo‘lgan aholi soni ortishidan kelib chiqishi ma’lum bo‘lgan.