Bir yillik yosh tarkibi
Bir yillik yosh tarkibi aholining quyidagi yillar to‘lgandagi yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishidir: 0 yosh, 1, 2, …., 34, 35, …, 89, …., ω yosh va undan kattalar. Ω – bu qandaydir eng yuqori yosh bo‘lib, uning asosida aholining bir yillik yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi yakunlanadi. Oxirgi yosh guruhi (ω yosh va undan kattalar) ochiq yosh oralig‘ini tarkib toptiradi, bunda ωning aniq kattaligi yangi tug‘ilgan bolaning kutilayotgan umr davomiyligining o‘rtachasiga va katta yoshlardagi aholining soniga bog‘liq bo‘ladi. So‘nggi aholini ro‘yxatga olishda ana shunday eng katta yosh sifatida 100 yosh qabul qilingan.