Barqaror aholi
Barqaror aholi deganda, tug‘ilish va o‘lim vaqtda o‘zgarmaydigan tezlikda sodir bo‘ladigan va yosh tarkibiga ega yopiq aholi tushuniladi. Barqaror aholining modeli – aholi takror barpo bo‘lishi jarayonining soddalashtirilgan ifodasidir. Ushbu model asosan ayollar jinsi uchun tuziladi. 1911 yilda amerikalik olimlar A. Lotka va F. Sharp tug‘ilish va o‘lim darajasining tezligi muayyan vaqtdan keyin barqaror bo‘lib qoladigan yopiq aholi o‘zgarmaydigan yosh tarkibiga, tug‘ilish, o‘lim va tabiiy o‘sishning doimiy umumiy koeffitsientiga ega bo‘lishini aniqladi. Bunday aholi asimptotik barqaror aholi, uning dastlabki yosh tarkibi va umumiy demografik koeffitsientlarini ayrim doimiy (so‘nggi) qiymatga yaqinlashtirishni – aholining barqarorlashishi, deb ataldi. Aholining yosh tarkibi barqarorlashish jarayonida doimiy davishda go‘yo o‘zining dastlabki shaklini “yoddan chiqaradi”. Bu hodisa kuchli ergodiklik nomini oldi. Aholi barqaror holatga kelgandan keyin uning yosh tartibi miqyoslari faqat tug‘ilish va o‘limning belgilab qo‘yilgan tartibi tomonidan belgilanadigan bo‘ladi. Barqaror aholi modelida uning ulkan tahliliy imkoniyatlaridan dalolat beruvchi muhim xususiyati mavjud. U shundan iboratki, yosh bo‘yicha o‘lim l (x) va tug‘ilishning f (x) taqsimlanishi har bir amaliga muayyan yosh tarkibi, tug‘ilish va o‘limning umumiy koeffitsientlari, shuningdek, tabiiy o‘sish koeffitsientining tanho barqaror aholisi muvofiq bo‘ladi. Mazkur xususiyat demografik tahlilning eng tarqalgan usullaridan biri – aholi takror hosil qilinishining bugungi ko‘rsatkichlari asosida kelajakni prognoz qilish asosiga qo‘yilgan.