Amortizatsiya qoidasi

Tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlarining bir-biriga va o‘zlariga ko‘rsatadigan ta’sirini aholining yosh tarkibi orqali kuzatish mumkin. Masalan, tug‘ilish ko‘rsatkichlari yuqoriroq bo‘lganda aholi «yosharadi», bu esa o‘lim ko‘rsatkichlari o‘sishi yoki kamayishiga olib keladi. Bu o‘zgarishlar o‘lim ko‘rsatkichlari yuqoriligi saqlanib qolgan holda bolalar foizi o‘sishi yoki qariyalar nisbiy sonining kamayishi bilan asoslanadi. Uzoq muddatli istiqbolda tug‘ilish ko‘rsatkichlari o‘zgarib turishi nafaqat o‘lim ko‘rsatkichlariga, balki tug‘ilish ko‘rsatkichlariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Faraz qilaylik, ma’lum bir vaqtga kelib tug‘ilish ko‘rsatkichlari va serpushtlik keskin o‘sishi (kamayishi) ro‘y berdi. Bir oz vaqt o‘tgach hatto serpushtlik o‘zgarmagan holda ham bolalar sonining nisbatan o‘sishi (kamayishi) tug‘ilish ko‘rsatkichlari umumiy ko‘rsatkichi pasayishiga (o‘chishiga) olib keladi. Bu bolalar katta bo‘lgunga qadar yana ko‘p vaqt o‘tadi, bu esa umumiy tug‘ilish ko‘rsatkichlarining o‘sishiga olib keladi. Shundan keyin yana bolalar foizi o‘sishi, ma’lum vaqt o‘tgandan keyin esa umumiy tug‘ilish ko‘rsatkichlarining pasayishi ro‘y beradi va h.k. Demak, serpushtlik keskin o‘sganidan keyin tug‘ilish ko‘rsatkichlari yuqoriga sakrashi, so‘ngra pastga qarab harakatlanishi va shunan keyin katta masofada to‘lqinsimon o‘zgarib turishi ro‘y beradi. Vaqt o‘tishi bilan bu o‘zgarishlarning to‘xtashi aholining yosh tarkibiga mos keluvchi tug‘ilish ko‘rsatkichlari darajasi va serpushtlikning yuqoriligiga muvofiqlik bilan izohlanadi. Tavsiflangan jarayon demografik voqea-hodisalar dinamikasida amortizatsiya qoidasi deb ataladi.

Bu qoida o‘lim ko‘rsatkichlari dinamikasiga ham, faqat murakkab ko‘rinishda tegishli hisoblanadi. Agar o‘lim ko‘rsatkichlari barcha yoshlarda pasayadigan bo‘lsa, qariyalar foizi ortadi va bu umumiy o‘lim ko‘rsatkichlarini oshiradi. Bolalar o‘limi pasaygan hollarda dastlab umumiy o‘lim ko‘rsatkichlari pasayadi. Lekin shundan keyin qo‘shimcha bolalar soni uni oshiradi va faqat bolalar o‘lim ko‘rsatkichlari jami aholi uchun o‘rtacha ko‘rsatkich darajasidan past bo‘lgan yoshga o‘tgandan keyin umumiy o‘lim ko‘rsatkichlari yana pasayadi. Shunday kilib, amortizatsiya qoidasi quyidagicha: umumiy demografik ko‘rsatkichlar keskin o‘zgarishiga olib keladigan sabablar yuzaga kelganda (va kelgusida saqlanib qolganda) tez orada qarama-qarshi yo‘nalishdagi o‘zgarish ro‘y beradi, undan keyin esa so‘nib boradigan to‘lqinsimon o‘zgarishlar keladi. Takror ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining bir-biriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siri haligacha yetarlicha o‘rganilmagan. Xususan, bolalar o‘limi ko‘rsatkichlari tug‘ilish ko‘rsatkichlari darajasiga ta’sir etadi deb hisoblanadi. Ota-onalar ongli ravishda oiladagi bolalar sonini tartibga soladi, shuningdek, bunga fiziologik omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, yaqindagina tug‘ilgan chaqaloq erta vafot etgan hollarda ota-onalar keyingi bola tug‘ishni tezlatishga intiladi. Bundan tashqari, ona suti bilan boqishning to‘xtatilishi oqibatida bitta ayolda ketma-ket bola tug‘ish o‘rtasidagi minimal oraliq qisqaradi. Bu esa bolalar o‘lim ko‘rsatkichlari va tug‘ilish ko‘rsatkichlari o‘rtasida, undan keyin esa tug‘ilish ko‘rsatkichlari va umumiy o‘lim ko‘rsatkichlari o‘rtasida ma’lum bir parallellikka olib keladi. Lekin bu parallellik statistika ma’lumotlarida aniq kuzatiladi deb o‘ylamaslik kerak. Axir tug‘ilish ko‘rsatkichlari ular ta’siri ostida o‘sadigan omillar ko‘pincha o‘lim ko‘rsatkichlariga pasayish tomon ta’sir ko‘rsatadi va aksincha. Ular o‘rtasidagi bog‘liqlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, teskari hisoblanadi va bu yuqorida qayd qilingan ularning umumiy ko‘rsatkichlari parallelligida aks etadi.