Nikohning yosh koeffitsientlari
Nikohning yosh koeffitsientlari alohida yoshda nikoh tuzish takrorlanishini tavsiflaydi. U ikki usulda hisoblab chiqiladi. Birinchi usul muayyan yoshda nikoh qurgan shaxslarning sonini, shu yoshdagi nikohga layoqatli aholi soniga bo‘lish orqali aniqlanadi. Ko‘rsatkichlarni nikohning barcha va alohida holatlari: bo‘ydoqlar, turmushga chiqmaganlar, bevalar, ajrashganlar uchun hisoblab chiqish mumkin. Ikkinchi usulda esa koeffitsient kasr suratiga shu yoshda bo‘lgan aholining umumiy soni qo‘yish orqali topiladi. Nikohning yig‘indi koeffitsientini tahlil qilishda 50 yosh-gacha bo‘lgan aholi orasidagi birinchi nikohlarni hisoblash koef-fitsientlari muhim ahamiyatga ega. Agar bu koeffitsientlar 1 dan yuqori bo‘lsa, bu nikoh jarayonining yosharganligidan, 1 dan past bo‘lishi nikohdan o‘tishni orqaga surishning keng tarqalganligidan dalolat beradi. Nikohning yig‘indi koeffitsienti aholining nikoh tarkibi va nikoh taqvimiga bog‘liq bo‘ladi.