Demografiya
O’zbekistonda iqtisodiyotni yangilash va modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar bugungi kunda o’zining natijalarini namoyon etmoqda. Jumladan, qisqa vaqt ichida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o ‘zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni yangi texnika va texnologiyalar asosida qayta jihozlash, aholi daromadlarining o‘sishini ta’minlash, qulay investitsion muhitni shakllantirish, kichik biznes, xususiy tabirkorlik, xizmat ko’rsatish va servis sohasini barqaror rivojlantirishda sezilarli yutuqlar qo’lga kiritildi. Albatta, bunda mamlakat demografik rivojlanishining o‘mi katta bo’lib, ijtimoiy manfaatlarga yo’naltirilgan iqtisodiy maqsadlarni amalga oshirishda aholi, uning o’sishi, joylashislii, demografik tarkibi kabi jihatlarini bozor munosabatlariga o’tish davri nuqtai nazaridan o’rganish katta ahamiyatga ega.
Chunki, aholi ham asosiy ishlab chiqaruvchi kuch, ham iste’molchi sifatida jamiyat taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Respublikadagi barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar markazida demografik vaziyat turadi. Chunki, O’zbekistonda aholining o‘sish sur’atlari yuqori hisoblanadi. So‘nggi yillarda aholining tabiiy o ‘sishi birmuncha kamaygan bo‘lishiga qaramay, u hali ham ayrim mamlakatlarga nisbatan olib qaraganda eng yuqori darajadadir.
Mazkur fan aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash va tahlil qilish, aholining rivojlanish nazariyasini ishlab chiqish, demografik jarayonlar qonuniyatlarini nazariy asoslash va baholash, demografik siyosat va demografik prognozlashtirishning nazariy asoslarini ishlab chiqishni o’z oldiga vazifa qilib qo’yadi.
Demografiya fani demografik jarayonlar hisoblanmish tug’ilish, o’lim, nikoh va ajralishni, aholining son va sifat xususiyatlarini aholining takror barpo bo’lish qonuniyatlarini, aholining jins yosh, nikoh va oilaviy tarkibini, oilaning demografik, ijtimoiyi-qtisodiy faoliyatini, aholi migratsiyasini, demografik prognozlashtirish va demografik siyosatni o ‘rganadi. O’quv qo’llanmaning har bir bo’limi nafaqat nazariyani, balki hozirgi holatning tahlilini ham o’z ichiga oladi. Bo’limlarning bunday tuzilishi nazariy bilimlarning mohiyatini va ma’nosini chuqur tushunishga hamda ulardan amaliyotda samarali foydalanishga imkoniyat yaratadi.
Please wait while flipbook is loading. For more related info, FAQs and issues please refer to DearFlip WordPress Flipbook Plugin Help documentation.