Ro'yxatdan o'tishning amal qilish muddati:
Hayot vaqti
Salom, xush kelibsiz!
Sertifikat
Oxirgi yangilanish:18:39 / 12.10.2022
Kurs haqida
Bugun global arenada shuningdek, bizning mamlakatimizda barqaror o‘sishni ta’minlashda demografik o‘zgarishlarni to‘laqonli baholash, sohadagi ichki zahira va imkoniyatlarni aniqlash, ularni safarbar etish tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Shu bois, bugungi kunda ilmiy izlanishlar olib borayotgan talabalar, magstirlar, doktrantlar, mustaqil tadqiqotchilar va ilmiy xodimlarning demografiya bo‘yicha fundamental bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish zaruriyati tug‘ilmoqda. Yuqoridagi fikrlar, ko‘plab bildirilgan taklif va istaklardan kelib chiqib О‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qо‘mitasi huzuridagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti“Oila demografiyasi va sotsiologiyasi” bо‘limi tomonidan “Demografiya” fani bo‘yicha 2 bosqichli onlayn o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarini olib borish rejalashtirildi. Xar bir bosqich faning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib 6 dan 12 tagacha darslar, mavzuga oid testlar, toshiriqlar va keys stadilardan tashkil topgan. Ushbu onlayn kursning maqsadi tinglovchilarni demografik ma’lumotlarni to’plash va tahlil qilishning asosiy tushunchalari, ko’rsatkichlari, usullari bilan tanishtirish, O’zbekiston va dunyoda aholi rivojlanishining asosiy tendentsiyalarini yoritib berish, demografik o’zgarishlar va yondashuvlarning mumkin bo’lgan istiqbollarini ko’rsatishdir va ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash bo’yicha ko’nikmalarini shakllantirish hisoblanadi.
So’nggi o’n yilliklarda demografik jarayonlar mamlakatlar, mintaqalar va butun dunyoning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy rivojlanishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biriga aylandi. O’zbekiston ham bu umumiy tendentsiyadan istisno emas.
Ushbu va boshqa demografik savollarga ushbu onlayn kursning masofaviy ta’limida javob beriladi. Trening davomida siz aholiga oid ma’lumotlar qanday to’planishi, ularni qanday tahlil qilish va to’g’ri talqin qilish bilan tanishasiz. Kurs oxirida talabalar demografik prognozlarni tuzish va ularning natijalarini ilmiy va amaliy muammolarni hal qilishda qo’llashning asosiy usullari bilan tanishadilar. Kurs talabalarning butunlay masofaviy, onlayn formatdagi ishini o’z ichiga oladi.
Shunday qilib biz 1-bosqich 12 ta darsdan iborat bo‘lgan demografiyaning fundamental tushunchalari bilan tanishib chiqamiz, bu esa, sizlarning demografiya bo‘yicha asosiy bilimlarizning shakllanishiga yordam beradi.